IIV YHXBB: YPX inspektori transport vositasini saqlab turiladigan joyga qo‘yish uchun olib borish huquqiga ega

Jamiyat 17:54 / 02.04.2020 6619

2 aprel kuni Kun.uz saytida huquqshunos Dilshod Abduqodirovning «Andijonda ag‘darilib ketgan Damas’ni YPX xodimi boshqarish vakolatiga ega bo‘lmaganmi?» sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, saytda ushbu maqolaning to‘ldiruvchi ikkinchi qismi e'lon qilindi. «Andijonda ag‘darilib ketgan Damas voqeasida YPX xodimi qay darajada aybdor? 2-qism» sarlavhali maqolada «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida »gi Qonunning 17-moddasi ichki ishlar organi xodimi transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qo‘yish uchun olib borish huquqiga ega ekanligi e'tirof etildi.

Kun.uz saytida nashr etilgan mazkur maqolalarga nisbatan IIV YHXBB tomonidan munosabat bildirildi.

«2016 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi (Ichki ishlar organlarining huquqlari) birinchi xatboshisining yigirma yettinchi kichik bandiga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi «Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va shaxslarni ushlashni, ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish, shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qo‘yish uchun olib borish» huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Joriy yilning 21 mart kuni Andijon viloyati IIB YHXB YPX inspektori R.Mo‘minov haydovchi A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli 60 N 923 PA davlat raqam belgili transport vositasini to‘xtatgan vaqtida, haydovchining ushbu avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi ma'lum bo‘lgan. YPX inspektori R.Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga ko‘ra, qoidabuzar haydovchi boshqaruvidagi transport vositasini vaqtincha saqlash joyiga haydovchi bilan birga o‘zi olib borishi Qonun hujjatlariga zid hisoblanmaydi. Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan Andijon tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati munosabatida.

Ko‘proq yangiliklar: