Birjada dollar kursi 9600 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 13:38 / 02.04.2020 27259

1 yevro 77 so‘mga arzonlab, 10518 so‘mni tashkil etmoqda.

Mart oyining birinchi o‘n kunligida dollar kursi birjada 9500 so‘mlik nuqtadan pastga tushib, 9491 so‘mgacha arzonlashib ketgan edi.

Ayni paytda O‘zbekiston banklarida xarid kursi 9570-9590 so‘m oraliqda (bankomatlarda 9300-9600). Aksariyat banklarda 1 dollar 9650 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 31 martdan dollarning rasmiy kursini 9554,22 so‘m etib belgilagan.

O‘tgan hafta Markaziy bank so‘mning keskin devalvatsiyasi ehtimolini yuqori emas deb baholagandi.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mart oyida inflatsiya 1,3 foizni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: