Asiamoney Best Bank Awards 2020: «Agrobank – O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki» deb topildi

Jamiyat 18:01 / 02.04.2020 12853

Biz hozirgi murakkab vaziyatda, odamlarning odatiy turmush tarzi o‘zgarayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi hozirgi vaziyat ushbu o‘zgarishlarni eng yuqori nuqtaga olib chiqdi deb aytish mumkin. Bu holatda butun dunyoda aynan raqamli texnologiyalarga talab ortmoqda. 

Yana shunisi muqarrarki, karantin tugaganidan keyin iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari keyingi rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishga kirishishadi. Xususan, bank sohasida biz raqamlashtirish darajasining oshishini kutishimiz mumkin bo‘ladi.

Yuqoridagilarning tasdig‘i sifatida , «Asiamoney» xalqaro biznes nashriyoti tomonidan Agrobank «Best Bank Awards» mukofoti doirasida «O‘zbekistondagi yeng yaxshi raqamli bank» deb tan olinishini ta'kidlash mumkin.

«Asiamoney» nashriyotining ekspertlari bankning qulay va funksional mobil ilovasi, shuningdek uning eng yangi loyihalariga alohida to‘xtaldilar:

1. «Sberbank onlayn» dasturi orqali Rossiyadan Agrobank plastik kartalariga pul o‘tkazmalari;

2. Yuridik shaxslar uchun bugungi kunda unikal xizmat turi bo‘lgan onlayn mablag‘ olish;

3. Kredit karta kabi mahsulotni bank tomonidan ishga tushirilishiga alohida e'tibor qaratishdi.

Ekspertlar bank raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirishda va masofaviy bank xizmatlarni rivojlantirishda innovator bo‘lganligini yuqori baholadilar.

Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi qiyin karantin vaziyatida, masofadan ko‘rsatiladigan bank xizmatlariga talab juda yuqori. Hozirda 500 mingdan ortiq Agrobank mijozlari masofaviy bank xizmatlaridan ilova yoki sayt orqali foydalanishmoqda va bu xavfni minimallashtirishga yordam bermoqda.

Shunga qaramay, ushbu inqiroz juda uzoq davom etmaydi, ma'lum vaqtdan so‘ng vaziyat o‘z izniga tushadi va hozirda bank tomonidan qo‘yilgan qadamlar raqobatbardoshlikni kuchaytirish va mijozlarga moliyaviy erkinlikni yanada oshirish orqali foyda keltiradi.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: