Toshkent shahrida sektor rahbarlari va mahalla raislari o‘rtasida masofaviy aloqa tizimi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat 20:16 / 31.03.2020 2890

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri matbuot kotibi Saodat Boymirzayevaning ma'lum qilishicha, bu tizim orqali sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va profilaktika inspektorlari bilan masofaviy muloqot va audio selektorlar o‘tkaziladi. MFY raislari va profilaktika inspektorlari birinchi galdagi vazifalari haqda aniq yo‘nalishlar oladi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi qoshida xayriya ishlarini muvofiqlashtirish Sall-markaz ishga tushdi. Markaz orqali davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar va boshqa yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar manzilli tarzda yo‘naltiriladi. Vazirlik tomonidan mazkur xizmatni butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

«Hokimliklarda shtab tuzilib, tezkor aloqa telefoni belgilangan va navbatchi tashkil etilgan. Bundan tashqari, xonadonlardagi vaziyatni uy, yo‘lak, ko‘chaboshilardan yaxshiroq biladigan shaxslar yo‘q. Bu tizimdan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yishda ularning xizmatlaridan foydalanilyapti», deydi vazirlik xodimi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: