Tarona records kompaniyasi ta'sischisi, shou-biznesda taniqli bo‘lgan tadbirkor Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni kechqurun Toshkentda vafot etdi. Uning yurak xurujidan olamdan o‘tgani qayd etilgan.
Ravshan Yo‘ldoshev 1961 yili 2 aprelda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Tarona records leybelini tashkil etib, san'atkorlar orasida nom qozongandi. Shuningdek, u xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi hamda xonanda Shaxzodaning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.
Kun.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.