Saudi Aramco MDHga yetkazib beriladigan gaz narxini ikki baravarga arzonlashtiradi

Jahon 15:09 / 31.03.2020 8306

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi aprel oyida yetkazib beriladigan propan narxini 46,5 foizga – tonnasini 430 dollardan 230 dollargacha tushiradi.

Shuningdek, aprelda butan narxi ham 50 foizga – tonnasi 480 dollardan 240 dollargacha arzonlashadi.

Avvalroq qirollik energetika vazirligi mamlakat may oyida neft eksportini sutkasiga 600 ming barrelga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.

Mart oyi boshida OPeK+ kelishuvi bekor bo‘lgach, Ar-Riyod neft qazib olishni ko‘paytirishini ma'lum qilgan va xaridorlarga arzon narxlarda taklif etgandi.  Buning ortidan jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: