Italiyada koronavirus yuqtirganlar soni 100 ming kishidan oshdi

Jahon 00:34 / 31.03.2020 12957

Italiyada COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 101 mingdan oshdi, deb xabar berdi Corriere della Sera gazetasi.

30 mart holatiga ko‘ra, 14,6 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 11,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Shu tariqa, hozirda Italiyada kasallikka chalinganlar soni 75,5 mingdan ortiq kishini tashkil etmoqda. O‘tgan sutkada kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 1648 ta holat qayd etilgan.

Eng ko‘p kasallanganlar Lombardiyada qayd etilgan. Region gubernatori Attilio Fontananing so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning tarqalish sur'ati pasaygan, ammo bu odamlar oddiy hayotga qaytishlari mumkinligini anglatmaydi. U keyingi kunlardagi yaxshi xabarlardan so‘ng ko‘chalarda odamlar va mashinalar ko‘paygani kuzatilganini qayd etdi va hukumatni nazoratni bo‘shashtirmaslikka chaqirdi.

Jons Xopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, Italiya koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha esa AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda.

Ko‘proq yangiliklar: