Epidemiya qoidalarini buzgan 274 kishi jami 107 mln so‘m jarimaga tortilgan

Jamiyat 15:48 / 31.03.2020 4294

30 martga qadar mamlakat ma'muriy sudlari tomonidan jami bo‘lib 289 nafar shaxsga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bilan ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlar ko‘rib chiqilgan,

«Shundan 274 nafar shaxsga nisbatan jami 107 876 250 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan, 15 nafar shaxsga nisbatan ish yuritishdan tugatilgan. 289 nafar shaxsning 14 nafari ayol, 4 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs, 2 nafari chet davlat fuqarosi va 2 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdir», deb xabar bermoqda Oliy sudi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ijtimoiy tarmoqlarda vahimali va yolg‘on ma'lumot tarqatgan shaxslar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 205-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.

Huquqshunosning fikriga ko‘ra, mazkur fuqarolarning qilmishlari Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi bilan noto‘g‘ri malakalangan.

Ko‘proq yangiliklar: