Video: Klinikadagi bemorlardan biri shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi

Jamiyat 22:49 / 30.03.2020 30268

Bemorlardan biri shifokorlarning juda mas'uliyat bilan to‘g‘ri davolash muolajalarini olib borishayotganini e'tirof etib, kun sayin ahvoli yaxshilanib borayotganini bildirgan.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat'iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.

Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Isakovich Musabayev rahbarligidagi  tajribali jamoa koronavirus infeksiyasiga chalingan  bemorlarni davolashda alohida  faollik  ko‘rsatishmoqda.  

Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standartlar bo‘yicha tezkor va sifatli davolash muolajalarini olib borishmoqda. Ushbu jarayonda tibbiyot xodimlari birdamlikda, bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasini mag‘lub etish harakatida. Shu bilan birga, shirin muomalasi va daldasi bilan ham bemorlarga ruhiy madad bo‘lishmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: