O‘zbekiston banklari yetarlicha likvidlikka ega, deb ma'lum qildi Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov yuqoridagi savolga javoban.
«Markaziy bank tijorat banklarining likvidligi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning hisobraqamlaridagi qoldiqlar, valuta oldi-sotdisi nazorat qilinadi.
Aytish mumkinki, O‘zbekistonda bank tizimi yetarli darajada likvidlikka ega. Banklardagi resurslarning qisqarish holatlari kuzatilmayapti.
Likvidlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ham Markaziy bank ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli vositalarga ega», – dedi Husanxo‘ja Abidov 30 mart kungi brifingda.
Bundan oldin Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmasligi, plastik kartalar bilan ham muammo bo‘lmasligi ma'lum qilingan edi.