O‘zbekiston elchixonasi «charter reyslar»ni va'da qilayotgan firibgarlar aldoviga uchmaslikdan ogohlantirdi

O‘zbekiston 18:24 / 30.03.2020 6080

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchixonasi xabar qilmoqda. Unga ko‘ra, firibgarlar vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida «ma'lumotlar yig‘ish» va yo‘lovchilar «ro‘yxati»ni tuzishni ham boshlab yuborgan.

Shu munosabat bilan, elchixona Rossiyada bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilib, bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmaslikni hamda bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda. 

Murojaatda ta'kidlanishicha, 2020 yilning 30 martidan 20 apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va/yoki uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik/doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi. Shuningdek, fuqarolardan Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat'iy amal qilish, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslik, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilish so‘raladi. 

Elchixona, vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun 20 apreldan so‘ng charter reyslar tashkil etilishini, buning uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi: 

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZRBcqDzpl3Kt1PfGMz5jtfFnycFzWdpCvJ-V9he21MXqxYQ/viewform?usp=pp_url

Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan amalga oshiriladigan charter reyslar haqidagi ma'lumotlar https://t.me/UzKoRus­Chars Telegram kanali orqali ham e'lon qilinishi ham ma'lum qilingan. 

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy veb sahifasi: www.uzembassy.ru  

Facebook: @UzEmbassy­.ru 

Instagram: @UzEmbassy­Russia

Ko‘proq yangiliklar: