«Karantin davrida plastik kartalar bilan muammo bo‘lmaydi» - MB

O‘zbekiston 16:05 / 30.03.2020 9573

Markaziy bank vakiliga ko‘ra, plastik kartalardan foydalanish va ulardagi mablag‘larni naqd pulga aylantirish bo‘yicha to‘siqlar mavjud emas.

Markaziy bank tomonidan bu bo‘yicha tizimli monitoring tashkil etilgan.

«Shahar bo‘ylab transport harakati vaqtincha cheklanganiga qaramay, barcha bankomatlar yetarli darajada naqd pul bilan ta'minlangan. Ularda yetarli pul zaxirasi mavjud.

Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarida to‘lov terminallarining doimiy asosda ishlab turishi bo‘yicha ham nazorat o‘rnatilgan», dedi Obidov 30 mart kungi brifingda.

Ma'lum qilinishicha, respublika bo‘yicha 400 015 ta to‘lov terminallari hamda tijorat banklarining 5000dan ortiq bankomatlari ishlab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: