Cheklov yuk mashinalari va agrotexnikaga taalluqli emas

O‘zbekiston 20:51 / 30.03.2020 21231

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 30 mart kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda avtomobil harakati cheklanishi qishloq xo‘jaligidagi texnika vositalari va yuk mashinalari egalariga tatbiq etilmasligini bildirdi.

«Bevosita agrotexnika vositalari va yuk mashinalari harakatiga umuman cheklov yo‘q. Ular karantindagi Toshkent shahriga kirish va chiqish imkoniyatiga ega. Ular uchun alohida yo‘laklar joriy qilingan», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

Ashurmatovning qo‘shimcha qilishicha, cheklov velosiped, skuter va mototransport haydovchilari uchun tatbiq etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: