Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda

O‘zbekiston 07:46 / 28.03.2020 3605

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2020 yil 27 martdan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.

Bu vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. 

Xat va murojaatlarni info@mfa.uz elektron manziliga yuborish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: