Narxlarni sun'iy oshirgan tadbirkorlarning 1,6 mlrd so‘mlik mahsulotlari olib qo‘yildi - DSQ 

O‘zbekiston 16:12 / 28.03.2020 34613

“Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati, DSB hamda DSI boshliqlari boshchiligidagi ishchi guruhlar tomonidan dehqon bozorlari, supermarketlar va savdo tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazuvchi sub'yektlarda hamda dorixonalarda bevosita monitoring o‘tkazilmoqda.

Sub'yektlar ro‘yxati shakllantirilib, har biriga shtabning davlat soliq xizmati organlari xodimlari biriktirilib, ular tomonidan narxlarni sun'iy oshirilishi holatlari aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

Karantin davrida murojaatlar asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan bugungi kunga qadar 10 398 ta sun'iy narxlarni oshirish holat joyida aniqlangan bo‘lib, 90 foiziga yaqini ijobiy hal etildi, qolgan 10 foizi bo‘yicha hozirda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. 581 ta sub'yektdan 1 mlrd 688 mln so‘mlik mahsulotlar olib qo‘yildi va mas'ullariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi”, - dedi Umarov.

Shuningdek, rais o‘rinbosari barcha soliq turlari va xizmatlari onlayn tarzda amalga oshirilishini ma'lum qildi.

“Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish 2008 yildan boshlangan bo‘lib, 2014 yildan boshlab tadbirkorlik sub'yektlarining soliq hisobotlarini 100 foiz masofadan turib elektron qabul qilish tizimiga o‘tilgan. O‘tgan davr mobaynida mavjud axborot tizimlari barcha soliq to‘lovchilar uchun (yuridik va jismoniy shaxslar, YaTTlar) muntazam takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan masofadan turib ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarning soni 46 taga yetdi (20 tasi interaktiv va 26 axborot xizmatlari).

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha “SOLIQ” mobil ilovasi ishga tushirildi. 

Ushbu ilova 15 turdagi elektron xizmatlardan tarkib topgan.

Mobil ilova orqali:

STIRni aniqlash;
QQS to‘lovchilari haqida ma'lumot olish;
shaxsiy hisobvaraq ma'lumotlari bilan tanishish;
soliqlarni hisoblash va to‘lash;
soliq imtiyozlari;
topshirilgan hisobotlar holatini tekshirish;
aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabar berish imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Bu tizimlar orqali 25 mart kuni yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 70,5 mlrd.so‘m hamda jismoniy shaxslar tomonidan 4,7 mlrd.so‘m miqdoridagi soliqlar elektron tarzda to‘landi,” – deya axborot berdi Umarov.

Ko‘proq yangiliklar: