Xorazmda ikki kishida virus aniqlandi

O‘zbekiston 20:05 / 27.03.2020 112008

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5taga oshib, 88 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 2 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 2 nafari  Xorazmda va bir nafari Toshkent shahrida qayd qilingani tasdiqlandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy kanali xabarida.

Bungacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona shahrida (6 kishi), Namangan shahrida (5 kishi), Andijon shahrida (3 kishi) va Buxoro shahrida (3 kishi) virus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni e'lon qilingandi, 27 mart kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Ko‘proq yangiliklar: