Shimoliy Makedoniya NATO a'zosiga aylandi
Shimoliy Makedoniya rasman NATOning 30-a'zosiga aylandi. Shu munosabat bilan uning bayrog‘i 30 mart kuni ilk bor alyansning bosh qarorgohida ko‘tariladi.

Foto: EPA-EFE
Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonotida aytilgan.
Pompeoning ta'kidlashicha, Shimoliy Makedoniya NATOning eshiklari unga qo‘shilmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlar uchun ham ochiqligini namoyish qildi. AQSh davlat kotibi Vashington NATO nizomining jamoaviy mudofaa bandiga rioya qilishini qo‘shimcha qilgan.
Shimoliy Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi Gretsiya va Makedoniya 2018 yilda sobiq yugoslav respublikasining nomlanishi borasidagi ko‘p yillik bahsni hal qilganidan keyin mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

21:16 / 05.03.2025
Yevropaga o‘z mustaqil mudofaa tizimini qurish uchun kamida 10 yil kerak - The Economist

22:03 / 01.03.2025
NATO bosh kotibi Zelenskiyni Tramp bilan «yarashish»ga chaqirdi

15:28 / 28.02.2025