Nurmat Otabekov: “Virusologiya instituti yopilguniga qadar topshirilgan tahlillar yo‘qolib ketmaydi”

O‘zbekiston 15:11 / 27.03.2020 10275

“Bu kasallikka chalinganlarni alohidalashdan asosiy maqsad – maishiy muloqotni, kasallik yuqish ehtimolini kamaytirish. Kasallik asosan ikki xil yo‘l bilan yuqyapti. Karantinda turgan odamlarga oziq-ovqat mahsulotlari kiritish mumkin emas. Unda o‘rnatilgan karantindan mantiq qolmagan bo‘lardi. U yerda  tashkil qilinishi kerak bo‘lgan do‘kon haqidagi fikringizga qo‘shilmagan bo‘lardik. Negaki, bu kabi muassasalarning barchasida davlatimiz budjeti tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Siz [u yerga] bepul joylashtirilgansiz, oziq-ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda ratsionga qarab berilyapti. Agar sizda qandli diabet kasalligi bo‘lib, qo‘shimcha ovqatlanishga ehtiyoj bo‘lsa, u holda mana shu “Energetik” ma'muriyatiga murojaat qilsangiz, siz uchun alohida taom tayyorlab berishlari mumkin bo‘ladi”, - dedi Nurmat Otabekov.

U Virusologiya instituti karantinga yopilguniga qadar gepatit kasalligiga qon tahlili topshirganlar bugungi kunda uning javoblarini qanday olishlarini mumkinligini aytdi.

“Sizning laborator natijalaringiz yo‘qolib ketmaydi. Agar ana shu institut ma'muriyatiga murojaat qilsangiz, sizga aytishadi. Ma'lumotni telefon orqali olishingiz mumkin”,- dedi Nurmat Otabekov.

Matbuot anjumani davomida Farg‘ona viloyati, Mustaqillik 22, Mahalla fuqarolar yig‘ini xududida Koreyadan qaytgan 3 nafar fuqarolarning karantinga olinmagani haqidagi masalaga ham oydinlik kiritildi.

“O‘zbekiston hududida karantin tadbirlari 16 martdan o‘tkazila boshlandi. Agar u fuqarolar karantin tadbirlari belgilanguniga qadar O‘zbekiston hududiga yetib kelgan bo‘lsa, ular bu tadbirlar bilan qamrab olinmagan. Agar bu kabi holatlar aniqlangan bo‘lsa, hududingizdagi tibbiyot muassasasiga o‘z vaqtida xabar berishingiz kerak. Hozirgi paytda kasallikka chalingan har bir kishi va ular bilan muloqotda bo‘lganlar epidemiologik surishtiruv jarayonida aniqlanyapti va ular shifoxonaga joylashtirilyapti yoki uy sharoitida alohidalanyapti”, - dedi Nurmat Otabekov.

Ko‘proq yangiliklar: