Moskva oblasti osmonida uchuvchilar uyda qolishga chorlovchi yozuvlar hosil qilishdi (video)

Jahon 01:09 / 27.03.2020 28110

Ushbu antiqa aksiyani “Pervyy polyot” pilotaj guruhi uchuvchilari amalga oshirishgan. Ular osmonda samolyotlar yordamida rus tilida “Beregi sebya - Ostavaysya doma” (O‘zingni saqla - Uyda qol) hamda ingliz tilida “Resist this - stay home!” (Bunga qarshilik ko‘rsat – uyda qol) deb yozishgan.

Uchuvchilar aksiyani karantinga rioya qilish va uyni zaruratsiz tark etmaslik kerakligiga yana bir bor e'tibor qaratish maqsadida amalga oshirishgan.  

Rossiyada keyingi hafta dam olish haftasi deb e'lon qilindi. Bu kunlar odamlardan uyda qolish, mehmonga bormaslik, sayrlardan voz kechish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: