O‘zbekiston | 18:26 / 26.03.2020
12186
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin paytida MIB undiruvlari hajmi pasaydi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtabda tashkil etilgan brifingdan so‘ng majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov karantin davrida MIB tomonidan undiruvlar hajmi qanday bo‘layotgani haqida suhbatlashdik.

– Haqiqatdan ham [karantin holati] energoresurslar uchun to‘lovlarni undirishda, ijro harakatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda faoliyatimizga ta'sir qildi. Buning asosiy sababi aholi faolligi kamaygan, ko‘pchilik uyda o‘tiribdi. Biz onlayn, ya'ni masofaviy muloqotni yo‘lga qo‘yganmiz va fuqarolarimizga tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Demak ayni karantin holati undiruvlarimizga sezilarli ta'sir qildi – dedi Sh.Haydarov.

 

 

Mavzuga oid