Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: KUN.UZ
Nizomga muvofiq:
• uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
• uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholanadi;
• tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalari ko‘rib chiqiladi.
Nizomda belgilanishicha, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a'zolari berishi mumkin.
DXMlar va YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
Subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrigacha bo‘lib, ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Boshlang‘ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.
Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a'zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Nizom doirasida shahar va qishloq joylarda birlamchi bozordagi uy-joylar aholiga bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ipoteka kreditlari asosida sotiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

09:02 / 26.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?

19:06 / 21.06.2025
O‘zbekistonda kredit ajratilishini o‘ziga o‘zi taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi

21:03 / 14.06.2025
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi

15:54 / 04.06.2025