Huawei’ning 90 foizdan ortiq xodimlari ishga qaytdi

Fan-texnika 17:44 / 26.03.2020 10189

150 ming kishi ishlaydigan Huawei kompaniyasining 90 foizdan ortiq xodimlari ish joylariga qaytdi, deb ma'lum qildi kompaniya asoschisi va bosh direktori Jen Chjenfey The Wall Street gazetasiga bergan intervyusida.

Kompaniya faoliyatining bir qismini 3 fevralda, Xitoy hukumati sanoatning muhim sohalariga ishlab chiqarishni davom ettirishga ruxsat berganidan keyin boshlagandi.

Jen Chjenfeyning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida Huawei smartfonlari sotuvi pasaymoqda, ammo bu pasayish o‘rni Xitoydagi yuqori talab evaziga qoplanmoqda. Kompaniya oyiga o‘rtacha 22 mln dona smartfon sotmoqda.

Kompaniyaning koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lgan Uhandagi R&D markazi hozircha yopiq, ammo hukumat bu yerda ham epidemiya sababli kiritilgan cheklovlarni olib tashlashni boshladi.

Avvalroq Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ortig‘i tuzalgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: