Dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital tashkil qilindi

O‘zbekiston 18:22 / 26.03.2020 33574

Ma'lum qilinishicha, mazkur gospital koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yoxud shundan gumon qilingan shaxslarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, karantinga olingan shaxslarni joylashtirish uchun joylar tayyorlanmoqda. Harbiy gospital bir vaqtning o‘zida 1,5 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Ayni paytda dala sharoitidagi gospitalda dam olish, ovqatlanish va yashash uchun sharoitlar hozirlanmoqda. 

Infeksiya yuqtirgan bemorlarni tibbiy pnevmatik boksga olish, ularni davolash uchun tibbiy anjomlar va uskunalar shay qilingan. Bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ular bilan kontakt qilmaydi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tez fursatlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalanganlarni davolash va karantin uchun o‘nga yaqin shifoxonalar qurilishi haqida ma'lum qilgandi. Shulardan uchtasi Toshkent viloyatida tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: