«Rosaviatsiya» O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan olib chiqib ketishdagi qiyinchiliklar haqida xabar berdi

O‘zbekiston 09:49 / 25.03.2020 38924

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarini Moskvadan vatanlariga olib chiqib ketish hozircha murakkab masala bo‘lib turibdi, deb xabar berdi «Rosaviatsiya» o‘z saytida.

Idora bunga sabab sifatida ushbu davlatlar rasmiy organlarining yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha pozitsiyasini keltirdi, ammo u nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmadi. «Ushbu masalani hal qilish choralari ko‘rilmoqda», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, idoraning ta'kidlashicha, 23 mart kuni Qirg‘izistonning 297 nafar fuqarosi Moskvadan O‘shga «Uralskiye avialinii» reysida olib borildi. U yerdan 17 nafar rossiyalik Yekaterinburgga qaytarildi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston barcha mamlakatlar bilan havo qatnovini cheklagan edi. Qirg‘izistonda ushbu taqiq faqat Rossiyaga borish va kelish reyslariga taalluqli emas, deya xabar bergan «RIA Novosti» respublika koronavirusga qarshi kurash shtabiga tayanib.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston poytaxti va yirik shaharlarida favqulodda holat hamda komendantlik soati joriy etildi.

«Rosaviatsiya»ning xabar qilishicha, 23 mart kuni Rossiyaga yetti mamlakat: Bolgariya, Misr, Ispaniya, Kipr, Marokash, Serbiya va Fransiyadan 1,3 mingdan ortiq odam olib kelindi

Bundan oldin, O‘zbekiston shu hafta xorijdagi fuqarolarini olib kelish uchun yana 7ta charter reys amalga oshirishi xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: