Putin millatga murojaat qildi: Rossiyada bir haftalik dam olish e'lon qilindi

Jahon 20:16 / 25.03.2020 44273

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tarqalishi sababli kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e'lon qildi.

«Hozirda kasallikning tezlik bilan tarqalishi xavfining oldini olish muhim. Shu bois kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e'lon qilaman. Ya'ni dam olish kunlari 28 mart shanba kunidan 5 aprel yakshanba kunigacha davom etadi», — dedi Putin.

U shu bilan birga banklar, do‘konlar, tibbiyot muassasalari, dorixonalar, transport va davlat hokimiyati organlari o‘z ishini davom ettirishini ta'kidladi.

Putin rossiyaliklarni dam olish haftasida «tartibli va mas'uliyatli bo‘lish»ga va uyda qolishga chaqirdi. U ta'til kasallik tarqalishi sur'atini pasaytirish uchun berilayotganini alohida qayd etdi.

25 mart kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 163 ta holat aniqlandi, ulardan 120 tasi Moskvada qayd etildi. Ayni paytda Rossiyaning 85 ta regionidan 55 tasida COVID-19 bilan kasallanganlar aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: