«Ichan qal'a» karantinda – Xivadan fotoreportaj

O‘zbekiston 14:04 / 25.03.2020 25212

Ayni paytda O‘zbekiston hududidagi barcha muzeylar, tarixiy obidalar yopilgan. Shu jumladan, Xiva shahridagi dunyoga mashhur «Ichan qal'a»da ham cheklovlar o‘rnatildi: majmua hududidagi barcha muzeylar, ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar va restoranlar faoliyati to‘xtatildi.

Asrlar davomida gavjum bo‘lib kelgan tarixiy-me'moriy majmua hozirda sukunatga cho‘mgan...

Albatta bu choralar inson salomatligi uchun qayg‘urgan holda, zarurat yuzasidan ko‘rilayotganini barcha tushunib turibdi. Ishonamizki, «Ichan qal'a» tarixiy-me'moriy majmuasi kun kelib yana xorijlik va o‘zbekistonlik sayyohlar bilan to‘ladi. Hozircha esa shifokor va mutaxassislarning tavsiyalariga amal qiling va uyda qoling. Umid qilamizki, biz bu sinovlardan hamjihatlik bilan o‘tamiz.

Nurmuhammad Said

Ko‘proq yangiliklar: