O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 50 nafarga yetdi

O‘zbekiston 16:10 / 24.03.2020 83411

«Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda. 

Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir fuqaroda aniqlangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy kanali xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 19 nafar fuqaro ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, Covid-19 yuqtirib olgan. Hozirda ushbu kasallikka chalingan 20 yoshli fuqaroni qaysi holatda ushbu infeksiyani yuqtirganligi aniqlashtirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyadan kelgan bemorning oila a'zolari va yaqinlari bo‘lgan 14 kishi undan ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: