«Shu bilan birga, bu islohotlar izchil davom ettiriladi. Ayniqsa, sanitariya-epidemiologiya tizimiga e'tibor kuchaytiriladi», – dedi Norboyeva Senatning 24 martdagi yalpi majlisida.
Parlament yuqori palatasi Axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, senatorlar sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov orqali mamlakatning barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga 5,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
Avvalroq, Senat yalpi majlisida 5ta qonun ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi.