Foydalanilayotgan tarif rejasi va texnologiya internet tezligiga ta'sir ko‘rsatadi – Vazirlik

Jamiyat 18:50 / 24.03.2020 15693

AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan navbatdagi onlayn brifingda Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov karantin davrida internet tezligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Karantin davrida internet trafik, mobil va telefon aloqa trafigi o‘zgarishlari doimiy nazoratga olingan. Yuklanish o‘ta yuqori darajada oshib ketadigan holatlarda amalga oshiriladigan ishlarning rejalari tayyorlangan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning ta'kidlashicha, internet xizmati tezligi foydalanilayotgan texnologiya bilan chambarchas bog‘liq. Optik tolali aloqa liniyalari orqali xizmat taqdim etilgan hollarda kompaniyalarda yuqori tezliklarda - 100 mbit/sekundgacha tezlikda internet xizmatini ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir.

«Abonentlar foydalanayotgan tarif rejasi ham internet tezligiga chambarchas bog‘liq. Bu 4 mbit/sekund tezlikda internet xizmati taqdim etiladigan tarif rejasida undan katta tezlikda internetdan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmasligini anglatadi», deya qo‘shimcha qildi Sherzod Ahmatov.

 

Foydalanilayotgan tarif rejasi va texnologiya internet tezligiga ta'sir ko‘rsatadi – Vazirlik 👉 https://kun.uz/20105133

Posted by Kun.uz on Tuesday, March 24, 2020

Bundan tashqari, brifingda ma'lumot berilishicha, internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari tomonidan joriy yilning 1 mayiga qadar eduportal.uz, kitob.uz, edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz, utube.uz, itschool.uz/, coronavirus.uz veb-saytlarga kirish (dostup) bepul amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Shuningdek, mahalliy internet-provayderlar va mobil operatorlar — UZTELECOM, UCELL, MoBIUZ va BEELINE tomonidan abonentlarida uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz hamda ZiyoNET xizmatidan bepul foydalanish imkoni bor.

Ko‘proq yangiliklar: