Marhum «Said va Saida» «Dilor, Dilor, dil va or» va «Mahallada duv-duv gap 2» filmlari bilan tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgandi. Uning ssenariysi asosida ishlangan «Fellini» filmi esa Varshavada o‘tgan xalqaro kinofestivalda mukofotga, 2002 yili Insburgda o‘tgan tanlovda Gran-priga sazovor bo‘lgandi.
Marhum otasi Shuhrat Abbosov bilan ishlagan «Mahallada duv-duv gap 2» hamda yozuvchi Said Ahmad hayotidan hikoya qiluvchi «Said va Saida» kartinasi Nozim Abbosov muxlislarini ko‘paytirgan.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.