Nuriddin Xoliqnazarov: «Mo‘min-musulmon, oila rahbarining vazifasi oila davrasida o‘tirish»

Jamiyat 13:21 / 23.03.2020 8177

«Tan olish kerakki, oiladan uzoqlashib qolgandik. Erta bilan chiqib ketib, kechqurun qaytib kelib. Ko‘pchilik farzandlari, ayoli nima ish qilayotganidan bexabar. Allohning sinovi tufayli biz bugun jamlandik. Aslida mo‘min-musulmon, bir oila rahbarining vazifasi oila davrasida o‘tirish», dedi Toshkent shahrining bosh imom xatibi.

Nuriddin Holiqnazarov karantinda uyda o‘tirgan otalarga e'tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatni aytdi.

«Birinchi navbatda, o‘zligimizni o‘rgataylik. Virus bo‘lganidan keyin qo‘lni yuvishni o‘rgatyapmiz. O‘n to‘rt asrdan beri bu borku? Besh mahal qo‘lni yuvish dinimizda borku?

Tahoratda payg‘ambarimiz amal qilgan barmoqlar orasida tahlil qilish sunnati bor. Qo‘li bilan barmoqlarining orasiga suv kirgizish. Hozir mutaxassislar ayni payg‘ambarimiz sunnatlarini o‘rgatishyapti», deydi Nuriddin Xoliqnazarov.

Ko‘proq yangiliklar: