Jyek Ma Afrika davlatlariga koronavirusga tekshiruvchi 1,5 mlnta test hadya qildi

Jahon 23:53 / 23.03.2020 8986

Fin24 portalining xabar berishicha, tadbirkor, shuningdek, Afrika davlatlari tibbiy xodimlari uchun 100 mingta niqob va minglab himoya kiyimi jo‘natadi.  

Testlarning birinchi partiyasi Afrika ittifoqi bosh qarorgohi joylashgan Addis-Abebe shahriga yetkazildi. Ushbu partiya Afrikaning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga topshiriladi. Markaz o‘z navbatida tibbiy vositalarni Afrika davlatlari o‘rtasida taqsimlaydi. 

“Afrika ittifoqi raisi – JAR prezidenti Siril Ramaposa nomidan Jyek Ma va Alibaba jamg‘armasiga qit'amizga qilgan hadyasi uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb aytgan JARning ittifoqdagi doimiy vakili Edvard Makayya.

Ko‘proq yangiliklar: