Korxonadan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, shartnoma asosida barcha avtokorxona filiallari, servislar, avtokolonnalar, 574ta chiqindi yig‘ish maydonlari, 435ta maxsus texnikalar doimiy ravishda dezinfeksiya kilinyapti.
«Bugungi kunda «Maxsustrans» DUK barcha ishga chiqishi zarur bo‘lgan xodimlari maxsus dezinfeksiya qilingan avtobuslarda tashilib, ularga doimiy ravishda tibbiy niqoblar tarqatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ishga chiqishiga zarurat bo‘lmagan xodimlar esa uy sharoitida masofadan turib faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bundan tashqari, chiqindi orqali virus tashilishining oldini olish maqsadida «Maxsustrans»ga tegishli Yashnobod, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlarida joylashgan barcha qayta yuklash shahobchalarida ham dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda», – deyiladi «Maxsustrans» xabarida.
Ma'lumot o‘rnida, Toshkent shahridan bir kunda 2 ming tonnagacha chiqindi olib chiqiladi. Shu boisdan «Maxsustrans» o‘z faoliyatini odatiy rejimida davom ettiradi.