Qashqadaryoda karantindan qochmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 20:33 / 21.03.2020 59086

Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan fuqaro bu yerdan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni Moskva shahridan “Moskva-Toshkent” poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida tug‘ilgan M. Abbosov epidemik vaziyatga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan. 

U 21 mart kuni karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi

Ko‘proq yangiliklar: