2020 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 1,005 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish 1,7 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng bo‘ldi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Bundan oldin, yanvar oyida O‘zbekiston qancha oltin sotgani ma'lum qilingandi.