Yunusobod metro liniyasi yana vaqtincha yopildi

Jamiyat 09:49 / 20.03.2020 8839

«Toshkent metropoliteni» UK Yunusobod metro liniyasining vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 20 mart kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi vaqtincha yopildi.

Bildirilishicha, bu yo‘nalishdagi yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni ham Yunusobod yo‘nalishida yangi metro stansiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalish vaqtincha yopilgan edi.  

Ko‘proq yangiliklar: