Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi qoshida markazlashgan energosotish bo‘limi ish boshladi

Jamiyat 17:00 / 20.03.2020 7360

Bu haqdaSamarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Eldor Mamasoliyev so‘zlab berdi.

Mazkur bo‘limda Samarqand shahridagi 141 ming nafar iste'molchiga ASKUE tizimi orqali xizmat ko‘rsatiladi. Ulardan 130 ming nafari aholi, 11 mingtasi yuridik shakldagi iste'molchilardir. Bir vaqtning o‘zida markazlashgan holda barcha xizmatlar ko‘rsatiladi. Shahardagi uchta tashkilot birlashtirildi. Jami 64 nafar xodim bu yerda faoliyat ko‘rsatib shundan 20 nafar hisobchi-operatorlar mavjud. 6 nafari yuridik iste'molchilar bilan, qolgan 14 nafari aholi bilan ishlaydi. Bu — aholiga xizmat ko‘rsatishda ilgarigidek navbatlar yuzaga kelmaydi deganidir.

Mazkur energosotish bo‘limida alohida navbatchi guruh tashkil etilgan. Aytaylik, hisoblagichlar qulflanib qolgan yoxud boshqa nosozlik yuzaga kelganda zudlik bilan tezkor uchta guruhdan biri zudlik bilan yetib borib, nosozlikni bartaraf etadi. Ular kerakli uskunalar bilan ta'minlangan.Uchta tezkor guruhdan tashqari, yana uchta ishchi guruh shu maqsadda tashkil etilgan. To‘lovlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi esa shu yerning o‘zida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Masalan, hisobida mablag‘i qolmagan iste'molchida avtomatik tarzda uzilish yuzaga kelgach, to‘lov amalga oshirilsa, distansion pult orqali masofadan qayta ulab beriladi», deydi E.Mamasoliyev.

Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi ma'lumotiga ko‘ra, tezkor guruhlar kecha-yu kunduz — 24 soat davomida ishlaydi. Ularga murojaat qilish uchun Samarqand shahri aholisi

-        Siyob hududi bo‘yicha: +99890 656-00-07,

-        Temiryo‘l hududi bo‘yicha:+99890 504-15-98

-        Bog‘ishamol hududi bo‘yicha: +99893 999-15-15 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, iste'molchilar 1154 qisqa raqamiga ham telefon qilib savollariga javob olishlari mumkin.

Markazlashgan bo‘limning ochilish marosimida soha mutasaddilari bilan birga aholi va  mehnat faxriylari ishtirok etdi. Ramziy lenta kesilgach, ilk mijozlar qarsaklar bilan kutib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: