Hozirgi vaziyatda shifokorlarimizda har qachongidan ham mas'uliyat katta. Fidoyi kasb egalari o‘z hayotlarini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, insonlar salomatligi yo‘lida mehnat qilishyapti.
Koronavirusga qarshi kurashish ishlariga 5,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb etilgan.
Jamoatchilik orasida mas'uliyatli soha vakillarining mehnatini qadrlash, jonkuyar xodimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xayrli tashabbuslar ko‘zga tashlanayotgani – quvonarli hol.
Bugun Kun.uz tahririyati ham shifokorlarimizga tashakkur bildirish maqsadida o‘ziga xos chellenjga qo‘shilib, tushlik tashkil etishga qaror qildi.
Kun.uz boshqa korxona va tashkilotlarni ham siz-u bizning salomatligimiz uchun qayg‘urayotgan oq libosli jonkuyar insonlarga minnatdorchilik ramzi sifatida samimiy chellenjni davom ettirishga chorlaydi.