Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Taxmina Turdialiyeva 2020 yil 18 martdagi viloyat hokimi qaroriga ko‘ra vazifasiga kirishgan. U Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Shuningdek, Xitoydagi Uxan texnika universiteti hamda Xuanjun ilm-fan va texnologiya universitetlarida ta'lim olgan.
«Yacademy» yosh arxitektorlar akademiyasida malaka oshirgan Turdialiyeva tayinlovga qadar Xitoyning «Cube design» arxitektura korxonasida faoliyat yuritayotgan edi.