Afg‘oniston hukumati “Tolibon”ga qarshi amaliyotlarni qayta boshladi

Jahon 23:58 / 19.03.2020 16726

Bu haqda mudofaa vazirligiga tayanib 1TV telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, hukumat “Tolibon”ga qarshi amaliyotlarni 29 fevralda AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandan keyin zo‘ravonlik darajasi pasaya boshlanishi bilanoq to‘xtatgandi.  

Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Asadulla Holid armiyaga mudofaadan “faol” mudofaaga o‘tishni buyurgan. U endi qo‘shinlar armiya qismlariga hujumlar sodir etuvchi jangarilarga qarshi amaliyotlar o‘tkaza olishini ma'lum qilgan. 

Holidning ta'kidlashicha, jangovar amaliyotlarni qayta boshlash qarori “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani sababli qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: