Kredit reyting agentligi tomonidan berilgan bayonotda epidemiyani nazorat qilish uchun ko‘rilgan choralar iqtisodiyotda kutilmagan to‘xtalishga olib kelganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, bayonotda virus sabab bu yil butun dunyo bo‘ylab kuchli kredit bosimi yuzaga kelgani, bu esa global kredit pasayishiga olib kelishi aytildi.
Naqd pul oqimining pasayishi, og‘ir moliyaviy sharoitlar va bir vaqtning o‘zida neft narxi pasayishi kredit ko‘lamiga putur yetkazishi ta'kidlangan ochiqlamada epidemiya ta'sirining darajasi sanoat va aktivlar sinfiga ko‘ra farq qilishi ta'kidlandi.
«Ushbu omillar katta ehtimol bilan defoltlar ortishiga sabab bo‘ladi. AQShda moliyaviy bo‘lmagan kompaniyalarda defoltlarning stavkasi 12 oy ichida 10 foizga oshishi mumkin», deydi S&P global tadqiqot prezidenti Aleksandr Dimitriyevich.
Dimitriyevichning aytishicha, jiddiy, ammo qisqa muddatli iqtisodiy qisqarish zaif kreditlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatadigan sektorlarda yaqqol sezilishi mumkin. Uzoq muddatli inqiroz yanada og‘irroq natijalarga olib keladi.
S&P kompaniyasining yana bir bayonotida pasayish xavfi tufayli iqtisodiy o‘sish 1-1,5 foiz orasida bo‘lishi bildirilgan.
Bayonotda epidemiyaning iqtisodiy ta'siri keskin yomonlashgani, Xitoyning yanvar-fevral oylaridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari kutilganidan ham yomonroq ekanligi ta'kidlandi.
Yevropa va AQShdagi iqtisodiy faoliyat, shuningdek, daromad va kredit sifati yomonlashgani ta'kidlangan bayonotda Covid-19 epidemiyasining avj olishi, bozorlardagi o‘zgaruvchan kurs va kredit bosimining oshishi sababli bu yil global inqiroz kutilishi ifoda etildi.