AQShda mehmonxonalar hukumatdan 150 mlrd dollar moliyaviy yordam so‘radi

Jahon 20:00 / 18.03.2020 3950

AQShdagi mehmonxonalar koronavirusga qarshi kurash sharoitida qiyinchiliklarga duch kela boshlagani sababli hukumatdan 150 mlrd dollar moliyaviy yordam so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ushbu sohadagi rahbarlar AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashuv vaqtida ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun 100 mlrd dollar va kompaniyalar qarzlari bo‘yicha 50 mlrd dollar so‘ragan. Ular hukumat qo‘llab-quvvatlamasa, mamlakatdagi mehmonxonalarning yarmi yil oxirigacha yopilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishgan.

Shuningdek, ma'muriyat avtomobillar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar va turistik agentliklarga 100 mlrd dollar ajratish masalasini muhokama qilmoqda, deb yozadi gazeta.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, koronavirus sababli amerikaliklarning sayohatlar uchun qiladigan xarajatlari 355 mlrd dollarga qisqaradi.

Avvalroq AQShdagi aviakompaniyalar hukumatdan 50 mlrd dollargacha moliyaviy yordam so‘ragani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: