Putin konstitutsiyaga tuzatmalar bo‘yicha ovoz berish haqidagi farmonni imzoladi

Jahon 23:56 / 17.03.2020 4547

Bu haqda Kremlning rasmiy saytida ma'lum qilindi.   

Putin belgilangan sana yakuniy emasligini, shu sababli koronavirus bilan bog‘liq vaziyat talab qilsa, ko‘chirilishi mumkinligini aytgan.

“Chunki mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgarishlar muhimligiga qaramay, fuqarolarimiz sog‘lig‘i va hayotidan muhimroq narsa yo‘qdir”, deb aytgan Rossiya rahbari. 

Shu bilan birga, Putinning ta'kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Rossiyanikidan og‘irroq bo‘lgan ba'zi davlatlarda siyosiy tadbirlardan voz kechilmayapti. Prezident ovoz berish haqidagi farmonni sanasiz imzolash ma'nosiz bo‘lishini aytgan.

Bir kun avval Rossiya konstitutsiyaviy sudi asosiy qonunga tuzatmalar haqidagi qonun konstitutsiyaga to‘g‘ri kelishini tan olgan.

Tuzatmalar orasida Putinning prezidentlik muddatlarini nollashtirib, yangitdan hisoblash taklifi ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: