Biatlonchi Marten Furkad faoliyatini yakunladi

Sport 07:10 / 15.03.2020 3309

Fransiyalik biatlonchi Marten Furkad faoliyatini yakunladi.

Kontiolaxtida o‘tkazilgan Jahon Kubogi bosqichidagi ta'qib poygasi 31 yoshli sportchi uchun faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Marten poygada 1-o‘rinni egallab, faoliyatini chiroyli tarzda, g‘alaba bilan yakunladi.

Furkad 10 yil davom etgan faoliyatida shaxsiy poygalarda 83 marta g‘alaba qozongan va umumiy hisobda 150 marta Jahon Kubogi shohsupasiga ko‘tarilgan. U Olimpiya o‘yinlarining 5 karra g‘olibi, Katta billur globusining 7 karra sohibi, 13 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: