Amerika savdo maydonchalaridagi savdolar kotirovkalarning pasayishi bilan ochildi. Savdo boshlanishi bilanoq S&P 500 indeksi 7 foizga tushib ketdi, natijada savdolar to‘xtatildi. Bu vaqt ichida Dow Jones indeksi 7,29, NASDAQ Composite indeksi 6,86 foizga pasaydi.
Amerika bozori surunkasiga uchinchi kun pasaymoqda. Uch kun mobaynida Dow Jones 27090,86 punktdan 23979,9 punktgacha (minus 11,48 foiz), NASDAQ 9018,09 punktdan 7987,44 punktgacha (minus 11,43 foiz) tushdi.
Birjalardagi pasayish COVID-19 virusi epidemiyasi va OPeK+ kelishuvining barbod bo‘lishi bilan bog‘liq. Bugungi savdolarda Brent rusumidagi neft narxi bir barrel uchun 31,27 dollarni tashkil etdi.
Osiyo va Yevropadagi indekslar ham tushib ketdi. Hang Seng indeksi 4,07 foiz, Nikkei 225 indeksi 5,77 va Shanxay fond birjasi indeksi 2,11 foizga pasaydi.
Londondagi FTSE 100 indeksi 8,54 foiz, Germaniyadagi DAX 8,09 foiz, Fransiyadagi CAC 40 birjasi indeksi 6,31 foizga tushib ketdi.