Italiya koronavirusdan vafot etish darajasi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

Jahon 01:24 / 09.03.2020 52526

Yakshanba kuni Italiyada vafot etganlar soni keskin – 366 kishiga oshdi (7,3 ming bemorning 4,96 foizi).

Italiya koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi, bu yerda har 20-bemor vafot etmoqda, deb yozmoqda RIA Novosti.

Yakshanba kuni Italiyada vafot etganlar soni keskin – 366 kishiga oshdi (7,3 ming bemorning 4,96 foizi).

O‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xitoy (3,83 foiz), uchinchi o‘rinda Eron (2,96 foiz) bormoqda.

Koronavirus tarqalgan  mamlakatlar orasida eng kam o‘lim holati Janubiy Koreyada qayd etilgan. Bu yerda kasallanganlarning 0,68 foizi vafot etgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 80 ming nafardan oshgan, 3097 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha esa kasallik yuqtirganlar 106 128 nafarga yetgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: