Messining goli «Barselona»ga «Real Sosedad» ustidan g‘alaba keltirdi

Sport 00:29 / 08.03.2020 6977

Ispaniya La Ligasining 27-turida «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. Messining penaltidan kiritgan to‘pi «ko‘k-anorranglilar»ga 3 ochko keltirdi.

G‘alabadan so‘ng «Barsa» ochkolarini 58taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Real Sosedad» esa 43 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 27-tur

Barselona – Real Sosedad 1:0
7 mart, «Kamp Nou»
Gol: Messi (80, penalti).
Barselona: ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Buskets, Rakitich (Vidal, 74), de Yong, Breytuyeyt (Firpo, 88), Grizmann (Fati, 85), Messi.
Real Sosedad: Remiro, Le Norman, Monreal, Gorosabel, Lorente (Subeldia, 71), Edegor, Merino, Barrenechea (Oyarsabal, 58), Gevara, Portu, Isak (Villian Joze, 82).
Ogohlantirishlar: Langle (16), Messi 

Ko‘proq yangiliklar: