Bahrayndagi «Formula-1» bosqichi koronavirus bois tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

Sport 18:45 / 08.03.2020 2293

Bahrayn 2020 gran-prisi koronavirus tarqalayotganligi sababli tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Bu haqda musobaqa rasmiy saytida xabar qilindi. Tarixda ilk bor «Formula-1» bosqichi tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

«Sahir» avtodromidagi poyga 2020 yildagi «Formula-1» chempionatining ikkinchi bosqichi bo‘ladi. Bosqich 20-22 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq koronavirus sababli aprelda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Xitoy gran-prisi bekor qilingandi. Hozirda poyga o‘tkaziladigan yangi muddat aniq emas.

8 mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 105 ming kishidan oshgan, 3,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Bahraynda koronavirusga chalinganlar soni 49 kishini tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: