Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqchilarning davlat ijrochilari bilan o‘zaro hamkorligi uchun elektron tizim ishga tushiriladi
DSQning Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarorini majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi e'lon qilindi
Loyiha Soliq kodeksining 123-moddasi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Norma.
Nizom normalari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tan olingan soliq qarziga nisbatan tatbiq etiladi. SKning 60-moddasiga asosan talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kun ichida soliq to‘lovchi tomonidan e'tiroz bildirilmagan qarz shunday qarz hisoblanadi.
Talabnoma soliq to‘lovchiga quyidagi muddatlarda yuboriladi:
soliq hisoboti bo‘yicha yuzaga kelgan soliq majburiyati bo‘yicha har bir soliq turiga - to‘lov muddatidan keyingi sanadan boshlab 3 kun ichida;
soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzi bo‘yicha - qaror kuchga kirgan sanadan boshlab 3 kun ichida;
penya yoki foizlar bo‘yicha - hisoblangan sanadan boshlab 3 kun ichida.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e'tiboran 30 kalendar kuni ichida qarzdorlik to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda soliq organi qarzni soliq to‘lovchining mol-mulki hisobidan undirish bo‘yicha qaror qabul qiladi. U 3 ish kuni ichida elektron shaklda soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan yoki soliq majburiyati yuzaga kelgan joydagi majburiy ijro byurosiga yuboriladi.
Soliq organi va MIB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun taraflar o‘rtasida o‘zaro tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan elektron ma'lumot almashuv yo‘lga qo‘yiladi. Elektron tizim ishlamay qolgan hollarda qaror qog‘ozda chop etilib, pochta xizmati orqali yuborilishi yoki bevosita topshirilishi mumkin. U qanday formatda olinganidan qat'i nazar, qaror u olingan paytdan boshlab ikki oy ichida ijro etilishi lozim.
Loyiha 2020 yil 19 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:58
-
JSST omboriga hujum qilgan Isroil, Ahmad ash-Shar’aga uyushtirilgan suiqasdlar va yana YuNeSKOdan chiqayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

11:40
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi

11:49 / 12.07.2025
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

09:43 / 16.06.2025
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi

16:03 / 07.06.2025