Frankfurt avtosaloni 70 yildan keyin o‘z o‘tkazilish joyini o‘zgartirdi

Fan-texnika 10:42 / 04.03.2020 5152

Germaniyaning Frankfurt shahrida 70 yildan beri o‘tkazib kelingan yirik xalqaro avtosalon 2021 yilda Myunxenda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Germaniya avtosanoatchilari uyushmasi VDA ma'lum qildi. 

Myunxen bilan birga ko‘rgazmani o‘tkazish huquqi uchun Berlin va Gamburg ham kurashgan. Bavariya poytaxtida rivojlangan transport infratuzilmasi, yirik tadbirlarni o‘tkazish tajribasi va avtosalon o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jozibador joylarning borligi uning foydasiga ishlagan.

Shuningdek, avtosalonning o‘tkazilishi formati ko‘proq ishtirokchilarni jalb qilish uchun tubdan o‘zgarishi kutilmoqda. 

Frankfurt avtosaloni 1951 yildan boshlab har toq yili o‘tkazib kelingan. Oxirgi ko‘rgazma 2019 yilda ekologik faollarning noroziliklari ortida, tor zallarda va yirik avtobrendlar ishtirokisiz o‘tgan. O‘shandayoq ko‘rgazmani tubdan o‘zgartirish kerakligi ayon bo‘lgan. Muvaffaqiyatsiz kechgan avtosalon davomida VDA prezidenti Bernxard Mattes iste'foga chiqqan. Shahar meri Piter Feldmann esa ko‘rgazma ochilishiga taklifni bee'tibor qoldirgan.

So‘z o‘rnida, kuni kecha Jyenevada avtosalonlarni o‘tkazishning yangi ehtimoliy formati namoyish qilindi. Koronavirus epidemiyasi sababli Yevropaning eng muhim avtosalonlaridan biri bekor qilingach, u onlayn formatga o‘tdi. Ko‘plab avtomobil kompaniyalari yangi modellarining virtual taqdimotini o‘tkazdi va bu amaliyot kelgusida ham talabga ega bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: